2025/06/16 by Rakhmatullaev, Marat Alimovich, Boysunova, Husniya, Yusupov, Ulugbek Mirtalobovich
paper · doi:10.34920/phe.2024.17.09
Ushbu maqolada universitetlarning konsorsiumlarga birlashuvi fan va ta’limni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarini integratsiya qilishning muhim shakli sifatida ko‘rib chiqiladi. Jumladan, EIFL (Electronic Information for Libraries) xalqaro konsorsiumining maqsad va vazifalari, shuningdek, uning O‘zbekistondagi faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada EIFL tomonidan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun taklif etilayotgan dunyoning yetakchi nashriyotlariga tegishli elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari yoritib beriladi. Maqolaning asosiy maqsadi – axborot konsorsiumlarining ahamiyatini ko‘rsatish va respublika universitetlarining ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim jarayonida qo‘llash uchun muhim elektron axborot resurslari haqida ma’lumot taqdim etishdan iborat.