vix.ing · top · new · best · stats · spec

SUN’IY INTELLEKTNING KUTUBXONACHI KASBIGA TA’SIRI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

2025/10/24 by Normatov, Sherbek Baxtiyorovich, Jo‘rayeva, Dildora Abdullayevna

paper · doi:10.82111/cac2025/031

Abstract

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi insoniyatning bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalanish usullarini qayta shakllantirmoqda. Boshqa sohalar kabi kutubxonalar ham ushbu jarayonlarda ishtirok etmay qolmaydi. Zamonaviy kutubxonachilar an’anaviy vazifalardan tashqari, raqamli axborot muhitini boshqarish, foydalanuvchilar ehtiyojlarini tahlil qilish va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida axborot xizmatlarini ko‘rsatish kabi yangi xizmatlarni ko‘rsatishga tayyor bo‘lishlarini zamonning o‘zi taqozo etmoqda. Kutubxonachilar bilan o‘tkazilgan bir necha uchrashuvlar, malaka oshirish kurslari va seminarlarda muallif “Sun’iy intellekt kutubxonachi o‘rnini egallay oladimi? Kutubxonachi kasbi qisqarib ketishi mumkinmi?” kabi savollarga duch keladi. Va bu haqli savol deb hisoblash mumkin. Shu sababli ushbu maqolada sun’iy intellektning kutubxonachi kasbiga ta’siri, uning imkoniyatlari, mavjud muammolarini tahlil qilish asosiy maqsad qilib olindi.

Related