2025/10/24 by Teshaboyeva, Umida
paper · doi:10.82111/cac2025/001
Ushbu maqolada axborot-kutubxona faoliyati sohasida mutaxassislarning ilmiy-axborot bilan taʻminlanganlik darajasi, kutubxonalar faoliyati samaradorligi va kutubxonachi kasbi nufuzini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Axborot-kutubxona sohasining jamiyat maʻnaviy-maʻrifiy hayotidagi ahamiyati, raqamli texnologiyalarni joriy etish, soha kadrlari tayyorgarligi, kasbiy malakasini oshirish va kasb maqomini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar misolida ilmiy-metodik tajribalar tahlil qilingan. Shuningdek, kutubxonachilarning yangi kompetensiyalari, axborot savodxonligi, media savodxonlik, kiberxavfsizlik bilimlari va soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash tizimiga eʻtibor qaratilgan.