2025/10/24 by Boysunova, Husniya
paper · doi:10.82111/cac2025/016
Raqamli jamiyatda axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi kutubxona tizimlarini modernizatsiya qilishni taqozo etmoqda. Ko‘p pog‘onali axborot-kutubxona infratuzilmasi asosida kutubxonalarni konsorsium shaklida birlashtirish ularning resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi. Ushbu maqolada turli konsorsiumlar misolida konsorsiumlar modeli, xorijiy tajriba, texnik va iqtisodiy asoslar hamda O‘zbekiston sharoitida moslashuvchan model ishlab chiqish yo‘nalishlari yoritilgan.