vix.ing · top · new · best · stats · spec

AKADEMIK KUTUBXONALAR ELEKTRON RESURSLAR FONDLARINI SHAKLLANTIRISHDA OBUNA BO‘LISH UCHUN MA’LUMOTLAR BAZASINI TANLASH MEZONLARI

2025/10/24 by Umaraliyeva, Feruza

paper · doi:10.82111/cac2025/044

Abstract

Bugungi kunda, raqamli ta’lim muhitida akademik kutubxonalarni elektron resurslar fondini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Elektron resurslar fondi nafaqat keng qamrovli ilmiy ma’lumotlarni taqdim etadi, balki interaktiv va masofaviy ta’lim jarayonini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Akademik kutubxonalarda elektron resurslar fondlarini shakllantirishda ma’lumotlar bazasini tanlash uchun bir qator muhim mezonlar mavjud. Ushbu mezonlar orasida bazaning mazmuni va qamrovini hisobga olish, ya’ni dasturlar va tadqiqotlar ehtiyojlariga mos kelishi, shuningdek, uning umumiy va maxsus fanlar boʻyicha qamrovini koʻrib chiqish kiradi. Tadqiqotni amalga oshirish uchun bir qancha metodlar oʻrganildi va tahlil qilindi. Respondentlar uchun keng qamrov va qulaylikni ta’minlash maqsadida asosiy tadqiqot usuli sifatida onlayn soʻrovnoma metodi tanlab olindi. Tadqiqotdan olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqildi. Oʻzbekiston universitet kutubxonalari elektron resurslarni tanlash va ularning fondini rivojlantirish masalalarini hal qilish yoʻllari boʻyicha takliflar shakllantirildi.

Related