2023/05/03 by DJURAYEV, D.U., JAMOLOVA, M.D.
paper · doi:10.34920/so/vol_2022_issue_10_6
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralash, ularning kompetentligini ta’minlashda ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning intellektuallik darajasi diagnostika tizimini shakllantirish muammosi o‘rganiladi. Oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish hamda ularning tanlovlarda ishtirokini psixologik baholash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali esa bir qancha masalalarning hal etilishiga erishish mumkin. Shu bilan birga shakllantirilgan psixologik diagnostika tizimi yordamida professor-o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga psixologik yaroqlilik darajasi obyektiv baholanishi kabi muhim masalaga yechim topiladi.