2025/10/24 by Dexkanbayeva, Vasila Ergashevna
paper · doi:10.82111/cac2025/008
Ushbu ilmiy maqola kutubxona xizmatlari samaradorligini oshirish uchun neyron tarmoqlardan foydalanishni ko‘rib chiqadi. Maqolada hujjatlarni avtomatik indekslash va tasniflash, foydalanuvchilar uchun virtual yordamchilarni ishlab chiqish, foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish va individual tavsiyalar yaratish kabi neyron tarmoqlar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli sohalar tasvirlangan. Dunyoning turli mamlakatlaridagi kutubxona sektorida neyron tarmoqlardan foydalanishning muvaffaqiyatli misollari ko‘rib chiqildi. Kutubxona sohasida neyron tarmoqlardan foydalanishda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan ba’zi cheklovlar va qiyinchiliklar ham ko‘rib chiqildi. Kutubxona sohasida neyron tarmoqlardan foydalanish katta imkoniyatlarga ega va kutubxona xizmati samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.