2023/07/26 by Xatamov, Toxir
paper · doi:10.34920/2181-8207/2023/2-067
Maqolada, Yassaviya ta’limoti haqidagi ilmiy yangiliklar o‘rganilib, maqola obyekti sifatida, mustaqillik yillarida himoya qilingan dissertatsiyalar, maqolalar va boshqa materiallar tahlil etildi. Xoja Ahmad Yassaviy asos solgan Yassaviya tasavvuf ta’limotini mamlakatimizdagi o‘rganilish holatini tadqiq etish, Yassaviyshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqot natijalari istiqbolda Yassaviyshunoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga yordamchi qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. Shu jihatdan, Yassaviyshunoslik bo‘yicha yozilgan ushbu maqolada, mustaqillik yillarida Yassaviyshunoslikka doir amalga oshirilgan tadqiqotlar, yangiliklar xronologik jihatdan o‘rganilib, tarixshunoslik va islomshunoslik fanlari nuqtayi nazaridan xulosalar berildi.